Эртаклар яхшиликка етаклар реферат

Обновлено: 05.07.2024

Нажмите, чтобы узнать подробности

Ertak - xalq og’zaki ijodidagi eng ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan biri. Ertaklar xalq tomonidan yaratilgan va uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Xalq og’zaki ijodi uning turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan bo’lib, mehnat jarayoni bilan chambarchas bog’liq. Ertaklarda insonlar o’z orzu-umidiarini , kelajakka bo’lgan ishonchlarini ifoda etganlar. Ertaklar sodda va tushunarli bo’lgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib boradi. Ular orqali insonning ijtimoiy axloq normalari shakllanib boradi. Ertaklarda doimo xalqning kelajakka bo’lgan ishonchi, adolatning-adolatsizlik ustidan g’alabasi, ozod va farovon hayotga erishishi turli obrazlar orqali ifodalangan.

Ertak qahramonlari orzu-istaklar timsoli sifatida o’quvchi qalbidan joy oladi. Ertaklar ,,Bir bor ekan,bir yo’q ekan’’ degan iboralar bilan boshlanadi va ,,Murod - maqsadiga yetbdi’’, deb yakunlanadi.

Xalq ertaklari o’z hususiyatiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi:

3.Hayvonlar haqidagi ertklar.

Boshlang’ich ta’limning 1-, 2-,3-,4-sinf o’qish kitobida ertaklar uchun alohida bo’limlar ajratilgan. 1-sinf o’qish kitobida ,,Xalq o’giti-baxt kaliti’’, 2-sinf o’qish kitobida ‘’Ertaklar-yaxshilikka yetaklar’’, 3-sinfda ,,Xalq og’zaki ijodi’’, 4-sinfda esa,,Ertaklar mamlakatida’’ bo’limlari o’quvchilar e’tiboriga havola etiladi.Bundan ko’rinib turibdiki, bola hayotida ertaklarning pedagogik-tarbiyaviy ahamiyati katta. ,,Rostgo’y bola’’(1-sinf) ertagidagi asosiy g’oya rostgo’ylikni targ’ib qilish bo’lib,yolg’onchilik yomon illiat ekanligi aytiladi.Ertakni o’qigan o’quvchi rostgo’ylik insonlarning eng yaxshi fazilati ekanligini anglab yetadi.Ertakni o’qigan o’quvchi ,,To’g’ri so’zlash insonni yaxshilikka eltadi’’ degan hulosaga keladi.Ertak qahramoni o’zining to’g’ri so’zligi bilan o’quchilarda yaxshi taassurot qoldiradi.Kichik yoshdagi o’quvchilar hayvonlaro’rtasidagi o’zaro do’stlik va ahillik kabi xislatlarni bilishga juda qiziqadilar.Hayvonot olamida ham do’stga mehribonchilik,g’amxo’rlik mavjudligini ,,Sher va sichqon’’(1-sinf)ertagida ko’ramiz.

Sher va sichqon.

Oqko’ngil sher bir kuni sichqonga yaxshilik qilgan edi. Oradan bir necha kunlar o’tib, sher tasodifan tuzoqqa tushib qoldi. Sherning yaxshiligini sichqon esdan chiqarmagan edi. U o’tkir tishlari bilan tuzoqni qirqib, o’z najotkorini tuzoqdan qutqaribdi.

Bu ertak o’qigan o’quvchi hahayotda doimo yaxshilikka-yaxshilk qaytishini anglaydi.Ertak o’qigan o’quvchilar:

-Hayotda mehnatsiz yashab bo’lmasligini anglaydilar.

-Tabiatni sevishga o’rganadi.

-O’quvchilarda do’stlikva ahillik xislatlari shakllanadi.

-Mardlik,epchillik,dovyuraklik,vatanparvarlik, odamiylik kabi go’zai fazilatlatlar shakllanadi.

Xullas bolalar o’zlari o’qigan ertklari yordamida atrof-olam bilantanishib, nima yaxshi-yu, nima yomonligini bilish orqali ma’naviy dunyosi boyib, voyaga yetadilar.

Boshlang

Maqsad:O’quvchilarni yaxshilikka ,ezgulikka, saxiy, oqko’ngil bo’lishga undash.Hamma vaqt ham yaxshilik ,yorug’lik yomonlik va zulmatni yengishini o’quvchilar ongida singdirish,badiiy kitobxonlikka bo’lgan qiziqishini uyg’otish.

1-jarchi:E-he-hey

Sada rayhon lolalar

Qani tezroq kelinglar,

Davrani keng olinglar.

Bugun bizning teatr,

Sizga qo’yar tomosha.

2-jarchi:Bunda ertak so’zlaymiz,

Zero go’zal ertaklar

1-boshlovchi:Assalom-u alaykum mehridaryo,qalbi quyosh, ko’zidan nur, so’zidan dur tomib turgan aziz ustozlar! 2-boshlovchi:Assalom-u alaykum aziz, ilmga tashna o’quvchilar. Hurmatli mehmonlar.

1-boshlovchi:Salom odobning boshi

Intizomning quyoshi

Yaxshilikning yo’ldoshi

Hamma:Assalomu aleykum.

2-boshlovchi :Odoblining sirdoshi

Do’stlikni ko’zi qoshi

Tartib intizom boshi

Hamma:Assalomu aleykum.

1—boshlovchi:Mana bugun biz 4-a sinf o’quvchilari “Ertaklar yaxshilikka yetaklar “ mavzusida mavzuli davra tayyorlab kelganmiz.

2-boshlovchi:Ushbu ertak qahramonlarining chiqishlari orqali biroz bo’lsa-da, yaxshilik urug’ini yuragingizda qadasak o’zimizni baxtiyor his etardik.

O’quvchi:Ertak-xalq og’zaki ijodining sosiy janrlaridan biri

O’quvchi:Ertaklar 2 xil bo’ladi:xayoliy uydirmalarga asos bo’lgan va hayotiy uydirmalarga asos bo’lgan ertaklar.

O’quvchi:Ertak janriga ko’ra 4 xil bo’ladi:hayvonlar haqidagi ertaklar,sehrli ertaklar,maishiy ertaklar,hajviy ertaklar.

O’quvchi:Surxandaryo,Samarqand,Farg’onada ertakni metal deyishadi

O’quvchi:Buxoroda ushuk deyishadi

O’quvchi:Xorazmda varsaqi deyishadi

O’quvchi:Toshkent shahri va uning atrofida cho’pchak deyishadi.

O’quvchi:Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk” asarida ertak etuk ya’ni og’zaki hikoya deyilgan

Muallif:-Bor ekan-u, yo’q ekan

Och ekan-u, to’q ekan

Uzoq emas yaqinda,

Qadim emas shu onda

Poytaxt shahar, bosh shahar

Qadim shahar, shosh shahar

Jannatmakon bosh kentda

Sharq gavhari Toshkentda,

Bo’lgan emish bir ertak

Ertakmi yo haqiqat

Afsonami yo hikmat,

Bo’lmas sizga aytmasam

Zamonaviy bir ertak.

-Yo’l bo’yida bir uyda

Kimlar yashaydi unda?

Erta kech mehnat bilan

Otasi Zumrad bilan

Yallayu rohat bilan

Onasi Qimmat bilan.

Sahna ko’rinishi.

Zumrad nonushta tayyorlaydi. Dars tayyorlaydi. “Zumrad haqida qo’shiq ijro etiladi”

Ota: — Qizim, dam olgin biroz

Zumrad:-Tashvishlanmang iltimos

Bo’lar tantanali kun.

Zukkolar g’olib bo’lar .

Orasta qiz, chaqqon qiz

Shuning uchun otajon,

Biroz mashq qilib olay.

Ota:Barakalla, oppog’im,

Mayli endi men boray

Ota ishga ketadi. Ona uyqudan uyg’onib chiqadi.

Ona: -Hay, yaramas bema’ni

Bizga nonushtang qani?

Hozir qizim uyg’onar,

Voy dod, bolam och qolar!

ZUMRAD: -Mana oyijon, nonushta tayyor!

Ona:-Ana boshlandi serial

Yelpib tur meni sal-pal

Tezroq bo’lgin, zumrasha

Qimmat uyg’onib chiqadi kerishib esnaydi.

QIMMAT-Nima shovqin tomosha?

Ona:-Bu uydan bo’ldim bezor

Zumrad qaqshadi zor-zor

QIMMAT-Qani menga telefon?

Odam zerikib ketdi

Internetda nima gap?

O’yinlar qolib ketdi.

Zumrad Qimmatga telefon olib kelib beradi.

ZUMRAD:-Opajon, telefonni

Ko’p ishlatmoqlik zarar

Ko’zingiz og’rib qolar

QIMMAT-Eshit gapim bor senga

Aql o’rgatma menga!

Hozir moda – “S 7”

Qo’lingdan kelsa ober

Yana “Iphone” qo’shib ber!

ZUMRAD:-Opa keling o’rniga

Kitob o’qiymiz birga

Kitobda bor ko’p hikmat

Topasiz hurmat, izzat

QIMMAT-Malikadek o’zicha

Ustozlar ham har kuni

Nuqul maqtashar uni!

Ona:-O’-o’, shunaqami bo’ldi bas

Bu ishga chidab bo’lmas!

Mening suluv qizimni

Xafa qilganing uchun

Tezroq qorangni o’chir

-O’sha maktabingga bor!

ZUMRAD:Tezroq ketmasam bo’lmas

Aks holda onam yana

Otamni qiynar yana

Zumrad ko’chaga chiqadi va o’rindiqqa o’tirib yig’laydi. Ota ishdan qaytadi qo’lida 2 ta xaltada kitob va oziq-ovqatlar.

Ota:-Zumrad qizim kelaqol,

Tezroq yordam beraqol.

Hay, qizim, qayda qolding?

Keltirdim kitob olgin!

Qimmat xaltalarni ochib ko’radi. Kitobni olib uloqtiradi

QIMMAT-Jonimga tegdi kitob

Ota buning o’rniga

Pul opkeling siz qop-qop

Yuribman zo’rg’a, arang!

Ota:-Zumrad qani?

Ona:-Hm, yo’qotganmish qizini

Uni o’zim daf qildim

Bu ishimni zab qildim

Bir betayin, dangasa

Nima qilar yo’qolsa

Kun bermadi qizimga

Kirmadi hech so’zimga

Ota:-Esing bormi, hay, kampir?

Qizim qayerda gapir?

Ona:-Beravermay ko’p savol

Ko’zimdan keting darhol

Ko’p vaysamang ahmoq chol

Sizni ham kutar shu hol

Ota:-Jon qizim, Zumrad qayerdasan?

Ota qizini qidirib chiqib ketadi ko’chaga

Muallima Zumradning oldiga kelib so’raydi!

MUALLIM -Nima bo’ldi, qizaloq?

ZUMRAD:-Assalomu alaykum, ustoz!

MUALLIM-Vaalaykum assalom, bolajonim!

ZUMRAD:-Buning tarixi mungli

Aytsam ezilar ko’nglim

O’z uyimdan haydaldim

Yomon qiz deb ataldim.

MUALLIM-Bolam, aslo ko’z yoshing to’kma,

O’ksinma, qadding bukma

Men bilan birga yurgin

Maktabda bilim olgin

Qani yurgin marhamat!

ZUMRAD:-Muallim, sizga rahmat.

Muallima va Zumrad maktabga keladi Zumrad dugonalari bilan dars tayyorlaydi.

Muallima:Qani chaqqon bolalar,

Ham epchil-u donolar

Bir ertak tayyorlang siz

Tomosha qilguvchi biz.

Bolalar:Xo’p bo’ladi ustozim,

Bilim bergan mumtozim.

“Baroqxon” O’zbek xalq ertagi

Muallif:Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan, bitta baroq mushuk bo‘lgan ekan. U yakka o‘zi katta chinor tagidagi bir uyda yashar ekan.
Kunlardan bir kun mu­shukning bu yerda yashashini qarg‘a bilib qolibdi

Qarg’a:Qag’-qag’ Baroq mushuk yangi uy qurdi,qag’-qag’(2 marta)

Tipratikan: Baroqjon, Baroqjon, e­shi­gingni och, ikkovimiz birga yashaymiz.

Mushuk: Muncha xunuksan, kelib-kelib sen bilan o‘rtoq bo‘­lamanmi?Bor yo’qol,uyimda senga joy yo’q.

Olmaxon: Baroqjon, Baroqjon, eshi­gingni och, inoq bo‘lib birga yashaylik
Mushuk: O‘zing sig‘asanmi, duming sig‘adimi.(Olmaxon o‘sal bo‘lib qaytib ketadi.)

Quyon: Baroqjon, Baroqjon, eshi­gingni och, yo‘l­da ochko‘z bo‘ri turibdi.
Aka-uka O‘mbaloq bilan Do‘mbaloQimmat Baroqjon, Baroqjon, e­shi­gingni och, biz O‘mbaloq va Do‘mbaloq bo‘lamiz, sen bilan bir­ga o‘ynagani keldik.(Mushuk ularni kiritmaydi. Ayiqchalar un­ga yolvorib:)
– Biz uyimizga boraylik desak, yo‘limizdan och bo‘ri yuribdi, jon o‘rtoq, eshigingni och.
Mushuk: O‘zlaring qo‘pol ekansizlar, eshigim zo‘r­g‘a turibdi, tegib ketsalaringiz ag‘darilib tushadi.
Bir vaqt dumini tarab tulki, labini yalab bo‘ri keladi:
– Baroqjon, Baroqjon, seni bir ko‘rishni or­zu qilardik, olg‘ir bobong yo‘lbars bizga qarindosh bo‘ladi, – deb mu­shukdan ruxsat so‘ramay ham o‘zlari uning uyiga kirib keli­shaveradi. Baroqjonni gapirgani ham qo‘ymay maqtay boshlashadi.
– Voy-voy, bu gilamlarni qarang-a, bu kiyim-boshlarni qarang-a, idish-tovoqlarni qarang-a, – deb uni taltaytirib yuborishadi.

Tulki va bo’ri:Biz Yo’lbarsning uyidan kelyapmiz.Uning uyi biram chiroyliki,ko’rsang havasing keladi.

Mushuk: Men borib yo‘lbarsning uyini ko‘rib kelay, sizlar mening uyimni poylab o‘tiringlar.

Yo‘lda payt poylab tur­gan ko‘k bo‘ri unga tashlanadi. Baroqxon jon holatda bo‘rining ko‘ziga chang soladi, bo‘ri ko‘zining og‘­rig‘iga chidolmay uni qo‘yib yuboradi. Baroqxon uyiga qay­tib kelsa, tulki bilan bo‘ri uni o‘z uyiga kiritishmaydi. Shunda

Baroqxon:Voy dod yordam beringlar,kuppa kunduzi meni tunab ketishmoqchi,voy-dod

Tipratikan, olmaxon, quyon, O‘mbaloq va Do‘m­ba­loqlar yetib kelishadi. Hammalari bir bo‘lib bo‘ri bilan tulkining jazosini berishadi. Baroqxon hamma hayvonlarni uyiga o‘zi taklif qiladi va ularga:
Mushuk: Jon o‘rtoqlar, qolinglar, birgalikda do‘st bo‘lib yashaymiz, do‘stlikda gap ko‘p ekan.

Xursandbonu:Allaqaysi zamonda

Bizdan uzoq tomonda.

Inoq- totuv hayvonlar,

Yashar ekan o’rmonda.

Bahaybat sher, yo’lbarslar

Quyon bilan o’rtoqmish.

Bo’ri bilan qo’chqorning

Momiq, baroq mushuklar

Sichqon bilan do’st, inoq.

Qarg’a hamda tulkixon

Xullas, totuv hayvonlar

Hech urushib qolmasmish.

Bu balki oddiy ertak.

Lekin shubha qilmaylik.

Biz ham aziz do’stlarim –

Totuv, inoq yashaylik.

MUALLIM-Bir oz dam ol qizaloq

ZUMRAD:Rahmat sizga

Zumrad xafa bo’lib o’tiradi.

MUALLIM-Aylanay ko’zmunchog’im

Nima gap qizalog’im

ZUMRAD:-Sog’indim otamlarni,

MUALLIM-Xafa bo’lmagin qizim

Zukkodirsan ham epchil

Bilimdonsan ham dadil

Shining uchun bir seni

Sayladik sardor etib

Orasta qiz, dono qiz

Mehribon qiz, a’lo qiz

Vatan senga ko’z tutar

Sensan uning ertasi

O’qi, izlan, ilmdan yur,

Bu bilimning mevasi

Senga mukofoti bor

Kel yonimga kelaqol

Bu sehrli oq “Ipad”

Unga tilaganingni ayt

Bajarar o’tmay bir zum

Orzuingga yet bugun!

Yana bir go’zal libos

Husningga bo’ladi mos.

ZUMRAD:-Rahmat sizga ustozim ,

Rahmat ziyo maskanim!

Bilim, odob o’rgatib,

Qilaman sizga ta’zim!

Ota ko’chadan kelsa xona yoyilib yotgan bo’ladi.

Ota:-Voy-bo’, bu nima ahvol?

Ona:-Ishdan qochdi qizingiz

Endi ishlang o’zingiz

Ota:-Axir o’zing sababchisan

Xudo saqlasin sendek alvastidan!

ZUMRAD:-Assalomu alaykum, otajon!

Ota:-Xush kelibsan qizim

Qarab to’ymaydi ko’zim.

QIMMAT-Voy, bu nima? Qutini och!

Qani ko’ray chetga qoch!

Ipad:-Salom go’zal qiz Zumrad!

Men do’stingiz oq Ipad

Qani, tilagingni ayt!

QIMMAT:Sehrli Ipad?

ZUMRAD: -Ha, bu sehrli oq Ipad,

Tilak tilasang shu payt

Bajarar tez fursatda

QIMMAT-Men ham u yerga boray,

Shunday sovg’alar olay.

Ona:-Yig’lamagin olasan,

Qachon maktab borasan?

Qiynalma, bo’lgin omon

Shuni o’zing olasan

Qani berchi hay Zumrad

Senga kerakmas Ipad

Endi tilagingni ayt.

Ipad:-Salom yomon qiz Qimmat

Men sehrli oq Ipad

Qani tilagingni ayt

QIMMAT-Tilagim shu eshitgin

So’zimga quloq tutgin

Zerikkanman qil tayin

Hech tugamasin o’yin

“Zombi”, “Zuma”, “Otishma”

“Tom”ni hech kanda qilma

Yana qomatimga mos

Menga bergin sen libos.

Ipad:-Ho’p bajargumdir so’zing

Yomon ekansan o’zing!

Tom, Zuma, Zombi, otishma o’yini qahramonlari chiqishadi jangarlarning qo’lida “o’rgimchak to’ri” tomni qo’lida Qimmat uchun libos olib kelishadi.

QIMMAT:Aldamabdi jodugar,

Sehrli ekan qarang.

Qilsa kamki ko’p tarang

Sovg’ani oldim arang

Qimmat libosni kiyib oladi.

Voy buncha bu beso’naqay

Tekin keldi har qalay.

Qimmat va onasi ko’p vaqt o’yin o’ynadi.

QIMMAT-Boshim aylanib ketdi.

Ko’zim qizarib ketdi

Charchab ketdim bo’ldi bas

Damimni olay bir pas.

O’yin QimmatYo’ q to’xtatma o’yinni

O’ynash shuncha qiyinmi?

Endi bizdan hech qachon

Qimmat o’rgimchak to’riga ilinib qoladi o’yin qahramonlari ularni o’rab olishadi.

Читайте также: